Xalqning nomoddiy madaniy boyligi birinchi navbatda asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelayotgan o`zbek xalq og`zaki ijodi asarlari – qo`shiq maqol topishmoq afsona rivoyat latifa ertak naql va dostonlarda o`z aksini topgan. Chunki ularda xalqning pedagogik g`oyalari dunyoqarashi ruhiy kechinmalari ma’naviy-axloqiy ideallari o`ziga xos yo`sinda aniq ibratli va qiziqarli tasvirlargan hikoya qilingan voqea-hodisalarda o`rnak bo`ladigan o`gitlar berilgan xalqning hayotiy tajribasi milliy an’analari urf-odatlari va falsafasi bayon etilgan. Xalq og`zaki ijodi asarlari badiiy jihatdan yuksak takomilga ega ekanligi tinglovchilarning ayniqsa yosh bolalarning oson tushunishiga idrok etishiga qulayligi tufayli xalq pedagogikasining eng muhim ko`p qamrovli va tarbiyaviy ta’siri g’oyat kuchli tarmog’i hisoblanadi. Mazkur risola pedagoglar filologlar talabalar va boshlang’ich sinf maktab o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.
Piracy-free
Assured Quality
Secure Transactions
Delivery Options
Please enter pincode to check delivery time.
*COD & Shipping Charges may apply on certain items.