Davlat tilida ish yuritish fanidan uslubiy ko`rsatmalar deb nomlangan ushbu qo`llanma oliy hamda o`rta maxsus ta`lim tizimida tahsil olayotgan talabalar shu bilan birga davlat korxonalarida faoliyat yuritayotgan barcha rahbar va ishchi - xodimlar uchun mo`ljallangan. Qo`llanma shu fanning dasturiga mos tuzilgan. Ushbu qo`llanmada o`zbek adabiy tilining rasmiy-idoraviy uslubiga mansub hujjatlarning turlari ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlari rasmiylashtirish qoidalari har bir hujjatga xos bo'lgan til xususiyatlari to'g'risida ham nazariy ham amaliy bilimlar berish haqida ma`lumot berilgan. Bundan tashqari kitobxonlar uchun amalda bo'lgan yigirmadan ortiq hujjatlarning namunalari bilan tanishtirish orqali ularning o'zlarini ham mustaqil ravishda hujjatlarni to'ldirish yozish tuzish malakasiga ega bo'lishlari haqida tavsiyalar berilgan.