Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy sohalarda jiddiy o`zgarishlarga qo`l urildi. Ayniqsa sho`rolar davridagi ijodkorlar faoliyatini qayta baholash ularning o`zbek adabiyoti taraqqiyoti yo`lidagi ishlarini qayta tiklashga katta e'tibor berildi. Jumladan Fitrat Sadriddin Ayniy va Olim Sharafiddinov va boshqalar ijodini xalqimizga bor bo`yicha qaytarish ishlariga kirishildi. Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab sho`rolar davri adabiyotini qayta o`rganish jumladan shoirlar va yozuvchilar bo`yicha adolatsizliklarni bartaraf etish masalalari kun tartibiga qo`yilgan. Fitrat S. Ayniy Olim Sharafiddinov va yana o`nlab shoirlar va yozuvchilar ijodini milliy mustaqillik va milliy mafkura manfaatlari nuqtayi nazaridan qayta o`rganishga kirishildi. Endi bu materiallarni yangicha qarashlar asosida o`rganish umumlashtirish o`zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalaridan biri bo`lib turibdi. Bizning monografiyamiz ham aynan mana shu dolzarb masalani o`rganishga bag`ishlangan.
Piracy-free
Assured Quality
Secure Transactions
Delivery Options
Please enter pincode to check delivery time.
*COD & Shipping Charges may apply on certain items.